Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 avgustdagi PF-5807-sonli Farmoniga muvofiq, Botir Irkinoviç Zokirov Özbekiston Respublikasi Quriliş vaziri lavozimiga tasdiqlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Botir Zokirov – 2018 yil aprelidan buyon Quriliş vazirining birinçi örinbosari edi.
Botir Zokirov 1963 yilning 28 iyulida Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent politexnika institutini (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti) quruvçi-muhandis mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
1980 yilda Toşkent instrumental zavodida mehnat faoliyatini boşlagan. 1985-1990 yillarda «Toşsantexmontaj» trestida işlagan. 1990 yilda esa «12-trest» quriliş şirkatida iş boşlab, bu yerda çilangarlikdan boşqaruv kengaşi raisi lavozimigaça kötarilgan. 2011 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari – Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi etib tayinlangan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 dekabrdagi PF-4877-son farmoniga muvofiq Botir Zakirov Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.
Eslatib ötamiz, 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar yangi tarkib topgan amaliyotga köra, hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni körib çiqişgan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Quriliş vaziri lavozimi uçun taqdim etilgan Botir Erkinoviç Zokirov nomzodi deputatlar tomonidan ma'qullangandi.
Quriliş vazirligi 2018 yilning 2 aprel kuni prezidentning «Quriliş sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan taşkil etilgandi. Öşanda vazirlikka Olmazor tumani hokimi bölib turgan Abduqahhor Töxtayev (2005-2011 yillarda Toşkent şahri hokimi bölgan) yangi rahbar etib tayinlangandi. U 2019 yilning mayida lavozimdan ozod etilib, Toşkent şahrining Şayxontohur tumani hokimi lavozimiga ötkazildi.












