Avstriya poytaxti dunyoning yaşaş uçun eng qulay şaharlari reytingida qatorasiga ikkinçi bor yetakçi böldi. Reyting The Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan tuzildi.
Reytingda dunyoning 140 şahri barqarorlik, atrof-muhit, soğliqni saqlaş, infrastruktura va ta'lim körsatkiçlari böyiça 100 ballik tizimda baholanadi.
Vena 99,1 ball oldi. Ikkinçi öringa Avstraliyaning Melburn, uçinçi öringa Sidney şaharlari joylaşdi. Törtinçi örinni Yaponiyaning Osaka, beşinçi örinni Kanadaning Kalgari şahri egalladi.





Şuningdek, Vankuver, Toronto, Tokio, Kopengagen va Adelaida şaharlari yuqori önlikdan joy oldi.


















