Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, yer yuzi aholisining bir foizi vitiligodan aziyat çekmoqda. Terida uçraydigan şu va boşqa kasallik hamda nuqsonlarning oldini oliş, barvaqt taşxis qöyiş va samarali davolaş jahon tibbiyotining dolzarb muammosi hisoblanadi.

Bugun, 6 sentabr kuni Toşkentdagi «International hotel Tashkent» mehmonxonasida iş boşlagan dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolariga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilari jahon tibbiyotining ana şunday dolzarb muammolariga yeçim topiş maqsadida jamlandi. Tadbirda özbekistonlik olimlar va şifokorlar bilan bir qatorda, AQŞ, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polşa, Ruminiya, Turkiya, Hindiston, Ukraina, Belarus, Gruziya va Qozoğistondan kelgan yetakçi olimlar va mutaxassislar iştirok etmoqda.

«Aytiş kerakki, mamlakatimizda tibbiyotning turli yönalişlari kabi aholiga dermatovenerologiya sohasida ham malakali tibbiy yordam körsatiş böyiça zamonaviy tizim yaratilgan. Respublika ixtisoslaştirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olimlari jahon tibbiyotining dolzarb masalalari böyiça fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar asosida ilmiy izlanişlar ham olib bormoqda. Natijada tibbiyot amaliyotiga diagnostika va davolaşning bir qator yangi uslublari joriy etildi.

Bundan taşqari, bugungi kunda markaz olimlari sohadagi turli kasalliklar bilan bir qatorda vitiligoni davolaş böyiça jahon tibbiyotining noyob texnologiyasi – melanotsitar transplantatsiyadan tibbiyotda samarali foydalanilyapti. Endilikda teridagi turli kasallik va nuqsonlarni davolaş uçun xorijga çiqişga hojat qolmadi.

Mazkur xalqaro anjuman tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirişda muhim qadam böldi. Tadbirning oçiliş marosimida dermatovenerologiya sohasida faoliyat yuritayotgani bir guruh xorijlik taniqli olimlar Özbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasiga a'zo böldi. Endi ular mamlakatimiz olimlari bilan birgalikda hududlardagi şifoxonalarda jahon tibbiyotining ilğor usullari böyiça taşkil etiladigan mahorat darslari va seminarlarda iştirok etişadi.