Nyu-Yorkning maşhur köçalaridan biri – Uoll-Stritda Özbekiston bayroğining kötarilişi tantanali marosimi bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Uşbu tadbir Turkiston-Amerika assotsiatsiyasi va “Vatandoş” tomonidan taşkillaştirildi.

Tadbirda AQŞda yaşovçi özbeklar, ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillari, OAV hamda şahar aholisi va mehmonlari iştirok etişdi. 

Köpçilik mehmonlar özbek milliy kiyimlarida bölganlar. Bayroqning kötarilişi Özbekiston madhiyasi bilan keçgan. Bayroq 15 metrlik flagştokka örnatilgan. U bir hafta davomida hilpirab turadi.

Tantana davomida özbek diasporasining ijodiy guruhlari va musiqiy jamoalari iştirokida madaniy-köngiloçar tadbirlar, Özbekiston haqida foto va videomateriallar namoyişi, özbek taomlari taqdimoti bölib ötgan.