Özbekistonda «Bilimlar kuni»: Barça viloyatlarda hokimlar maktabda dars ötdi
|01:20 / 05.09.201949 67610 min
Şu yilning 23 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va şahar hokimlari hamda boşqa rahbarlar maktablarga borib, dars beriş tartibini joriy etiş vazifasi topşirilgandi. Bugun, 4 sentabr kuni respublikaning barça viloyatlari hokimlari özlari öqigan maktabga borib, öquvçi-yoşlarga «Mustaqillik darsi»ni ötişdi.
Andijon viloyati
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Andijon şahridagi 18-umumta'lim maktabidagi birinçi qönğiroq tadbirlarida iştirok etib, öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabrikladi. Söng maktabning 11-sinf öquvçilariga «Mustaqillik darsi»ni ötdi. Viloyat hokimi dars davomida ona vatanni seviş insoniy burç ekanligi, unga munosib farzand böliş uçun har bir öquvçi yetuk bilimga ega bölişi zarurligi haqida sözladi.
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev özi ta'lim olgan Qoraköl tumanidagi 15-sonli umumta'lim maktabida yangi öquv yili boşlanişi bilan ötkazilgan «Jonajon Özbekistonim, mangu böl omon!» şiori ostidagi tadbirda iştirok etdi.
Tadbir davomida viloyat rahbari ta'lim maskani öqituvçi va öquvçilarini yangi öquv yili bilan tabrikladi. Şuningdek, viloyat rahbari özining hayotidan misollar keltirib, ular erişgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi ta'lim va tarbiyaning roli katta bölgani, qolaversa, öquvçilarga maktab davrida yaxşi öqib, vaqtdan unumli foydalaniş muhimligi haqida qisqaça ma'ruza qildi. Öquvçilarga öquv qurollaridan iborat Prezident sovğalarini topşirdi. Ta'lim maskanida öquvçi yoşlar pedogogik jamoa uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev Jizzax şahridagi H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internatidagi «Bilimlar kuni» tadbirida
Viloyat hokimi iştirok etgan «Mustaqillik darsi»da közi yonib turgan bolajonlar mamlakatning ertasi, bugungi olib borilayotgan islohotlarning davomçisi va buyuk ajdodlarning munosib avlodi, jannatmakon yurtning haqiqiy merosxöri ekani va ular uçun barça şart–şaroitlarni yaratiş barçaning zimmasidagi muqaddas burç va vazifa ekanligi ta'kidlab ötildi.
Navoiy viloyati
Navoiy viloyatida «Butun kuçni xalq içidan olaylik, quçoq oçib maktablarga boraylik» şiori ostida barça umumta'lim maktablarida «Mustaqillik darslari»ni viloyat hamda tuman va şahar sektor rahbarlaridan 51 nafari, viloyat korxona va taşkilot rahbarlaridan 50 nafari, mahalliy deputatlardan 260 nafari özlari ta'lim olgan maktablarga borib, «Bilimlar kuni» tadbirlariga qatnaşib, «Jonajon Özbekistonim, mangu böl omon!» mavzusida Navoiy viloyat xalq ta'limi boşqarmasi hamda Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida yaratilgan tavsiya asosida mustaqillik darslarini ötişdi.
Viloyat hokimi Qobil Tursunov ham Karmana tumanidagi özi tahsil olgan 21-sonli umumta'lim maktabida bölib, ta'lim maskaniga ilk qadam quygan bolajonlarga Prezident sovğalarini tantanali topşirdi hamda 11 sinf öquvçilariga dars ötdi.
Namangan viloyati
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 4 sentabr kuni Namangan şahrida yangi qurib foydalanişga topşirilgan 84-umumta'lim maktabiga taşrif buyurib, tantanali oçiliş marosimida va «Birinçi qönğiroq» tadbirida qatnaşdi.
Şuningdek, Çortoq tumanidagi özi ta'lim olgan 9-umumta'lim maktabiga taşrif buyurib, «Bilimlar kuni» şodiyonasida iştirok etdi hamda 9-sinf öquvçilariga mustaqillik darsini ötdi.
Qaşqadaryo viloyati
Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev maktablardagi «Birinçi qönğiroq» bayram dasturlarida iştirok etdi. Koson tumanidagi 62-umumta'lim maktabida ötkazilgan tadbirda viloyat hokimi sözga çiqib, öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabrikladi va maktab ta'limining inson hayoti davomidagi örni haqida sözlab berdi. Şuningdek, viloyat hokimi öquvçilarga «Mustaqillik darsi»ni ötdi. Unda Özbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinç va osuda hayotini ta'minlaş, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirişning mustahkam poydevori bölib kelayotganini alohida ta'kidladi.
Öquvçilar bilan uçraşuv davomida maktab ostonasiga ilk qadam qöygan bolajonlarga Prezident sovğalari topşirildi.
Samarqand viloyati
Samarqand davlat universiteti Boş maydonida yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan viloyat hokimligi va jamoatçiligi, talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida tantanali tadbir ötkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sözga çiqib, universitet talabalarini yangi öquv yili bilan tabrikladi. Şuningdek, viloyat hokimi mustaqillik darslarida ham qatnaşdi.
Şuningdek, Samarqand şahridagi 80ta maktabda «Bilimlar kuni» va «Mustaqillik darslari» ötkazildi.
31-umumiy örta ta'lim maktabidagi tadbirga maktabning sobiq öquvçilari – viloyat hokimining birinçi örinbosari J.Öroqov va Samarqand şahar hokimi B.Obloqulov iştirok etib, öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabrikladi.
Şundan söng özlari tahsil olgan sinfxonalarda böldi va öquvçi-yoşlarga «Mustaqillik darslari»ni ötişdi.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev Guliston şahrida Özbekiston xalq şoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Söngra viloyat hokimi Sardoba tumanidagi 18-maktabda bölib ötgan «Birinçi qönğiroq» bayram dasturlarida qatnaşdi va yuqori sinf öquvçilariga «Mustaqillik darsi»ni ötdi. Viloyat hokimi öquvçilarning fizika, matematika, ona tili fanlari böyiça bilimlarini amaliy maşğulotlar asosida sinovdan ham ötkazdi.
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 18- umumta'lim maktabida bölib ötgan tadbirda viloyat hokimi Töra Bobolov iştirok etib, bilimga çanqoq öquvçilar, ustozlar, mahalla faollari va ota-onalarni mustaqilligimizning 28 yillik bayrami hamda yangi öquv yilining boşlanişi bilan qizğin qutladi. Keyingi yillarda ta'lim-tarbiyadagi islohotlar öqitişni sifat va mazmun jihatdan yanada yaxşilaş, bolalarga puxta va mukammal bilim beriş, ularni milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaşdek ezgu maqsadlarga qaratilganini alohida ta'kidladi.
Maktabning 9-sinfida boşlangan ilk darsda viloyat hokimi kelajak sari intilayotgan bu yoşlarga Vatanni seviş, uning tinçligini asrab-avaylaş, taraqqiyotiga hissa qöşiş har bir farzandning burçiga aylanişi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erişiş yölida öquvçilar kuçli bilimga ega bölişi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetişi zarurligini alohida ta'kidladi. Viloyatda mustaqillik yillarida amalga oşirilayotgan uluğvor işlar, erişilgan yutuq va marralar haqida hayotiy misollar vositasida sözlab berildi.
Toşkent viloyati
Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Rustam Xolmatov Qibray tumanidagi 4-umumta'lim maktabida öquvçi-yoşlarga «Mustaqillik darsi»ni ötdi.
Viloyat rahbari maktabning yuqori sinf öquvçilariga vatan taraqqiyoti, uning istiqboli, yurtimiz va jahondagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, bunda bizning örnimiz qanday bölişi kerakligi haqidagi fikrlarini aytib ötdi.
Farğona viloyati
Farğona viloyatidagi ta'lim muassasalarida ham yangi – 2019/2020 öquv yili «Jonajon Özbekistonim, mangu böl omon!» şiori ostidagi «Mustaqillik darslari» bilan boşlandi.
Viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev Farğona şahridagi 10-umumta'lim maktabida ötkazilgan tadbirlarda iştirok etib, öqituvçi va öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabrikladi. Viloyat hokimi maktab faoliyati bilan tanişdi, öquvçilar bilan suhbatda bölib, ularga çuqur bilim egallaşlarida muvaffaqiyat tiladi. Birinçi sinf öquvçilariga Prezident sovğalari topşirildi.
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va Urganç tumani hokimi Frunze Şaripov Urganç tumani «Qoramon» mahallasidagi yangi 315 örinli 49-umumta'lim maktabining oçilişiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etib, öqituvçi va öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabrikladi.
Viloyat hokimi maktab faoliyati bilan tanişdi, öquvçilar bilan suhbatda bölib, ularga çuqur bilim egallaşlarida muvaffaqiyat tiladi. Birinçi sinf öquvçilariga Prezident sovğalari topşirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Musa Yerniyazov Xöjayli tumanida joylaşgan 1-son Mehribonlik uyiga taşrib buyurib, muassasada ta'lim olayotgan öquvçilar bilan öqituvçilarni yangi öquv yilining boşlanişi bilan tabrikladi va Prezident sovğasi «Gazel» avtomobili va maktab qurollarini tantanali ravişda topşirdi.
Toşkent şahri
Bugun Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham özi öqigan Şayxontohur tumani, Huvaydo mahallasidagi 169-maktabga borib, «Bilimlar kuni»ga bağişlangan tantanali tadbir va «Mustaqillik dars»larida iştirok etdi.
Şahar hokimi öz nutqida maktab pedagogik jamoasi, bilimga çanqoq öquvçilar va ularning ota-onalari bilan uçraşganligidan mamnunligini bildirib, mustaqillikning tarixiy ahamiyati, istiqlol sabab qölga kiritilgan huquq va imkoniyatlar, yutuqlarga töxtalib ötdi. Ayni paytda yurtimiz taraqqiyotning yangi bosqiçida ekanligini e'tirof etgan holda, bunda ta'lim tizimini tubdan rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilayotganini aytib ötdi.
Toşkent şahar hokimi tantanali yiğilişdan söng 9-sinf öquvçilari uçun «Mustaqillik darsi»ni ötdi. Ma'nan yuksak va jismonan barkamol avlodni ulğaytiriş davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligiga e'tibor qaratdi. Öquvçilarga ta'lim-tarbiyaning inson kamoloti va yutuqlaridagi örni haqida hayotiy misollar keltirdi. Bitiruvçilar uçun muhim masala kasb tanlaş ekanligiga e'tibor qaratib, ularni qiziqtirayotgan mutaxassisliklar haqidagi fikrlarini tingladi. Yaqin 10 yilda yuksak malakali pedagoglar, axborot-kommunikatsiya sohasi mutaxassislari va şifokorlarga talab yuqori bölişini qayd etib, yoşlarga kasb tanlaş borasida muhim körsatmalar berdi.