Sog‘liqni saqlash vazirligi: Ona suti bilan emizish saraton kasalligining oldini oladi
Bola sog‘lom o‘sishiga ko‘p omillar ta'sir qiladi. Buning birinchi sharti esa ilk davrdanoq uni to‘g‘ri ovqatlanishidir. Go‘daklarni oziqlantirish usullaridan eng yaxshisi va xavfsizi esa – bu shubhasiz, ko‘krak suti hisoblanadi.
Ona suti chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqa, u dastlabki olti oyda bola organizmini barcha kerakli ozuqa moddalari bilan to‘liq ta'minlab beradi. Har bir onaning suti aynan o‘z farzandining ehtiyojlariga mos keladi va barkamol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalardan tarkib topadi.
«Bolani ko‘krak bilan emizish ona sog‘lig‘i uchun ham foydali: kamqonlikning oldi olinadi, ko‘krak bezi, hatto bachadonbo‘yi saratoni kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini keskin kamaytirishi ilmiy jihatdan to‘la asoslangan. Qolaversa, ko‘krak bilan muntazam emizish ona va bola o‘rtasida kuchli mehrli aloqani o‘rnatib, ham bola, ham onaning ruhiy-emotsional holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va go‘dakka himoyalanganlik, xotirjamlik bag‘ishlab, miriqib uxlashini ta'minlaydi. Ushbu jihatlar e'tiborga olinib, butun dunyoda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirish doimiy targ‘ib qilib kelinadi. Bu borada JSST tomonidan tegishli tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, undan tibbiyot tizimida samarali foydalanilyapti», – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh neonatologi, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova.
«Aytish kerakki, chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish xalqimizning qadimiy va ezgu qadriyatidir. Mamlakatimizdagi birlamchi tibbiyot muassasalaridan tortib,tug‘ruq majmualarigacha bo‘lgan bo‘g‘inda ona va bolaga ixtisoslashgan tibbiy yordamni uzluksiz tashkil etishga alohida e'tibor qaratilayapti. Shuning uchun ham hozirda tug‘ruq majmualarida bola tug‘ilgan zahotiyoq onaga berilib, ko‘krak suti bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Bolani ko‘krak bilan emizish 2 yoshgacha va undan ko‘proq vaqt davomida tavsiya etiladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining telegramdagi kanalida.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025