Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiyadan og‘ir damlarda «katta og‘a» bo‘lishini so‘radi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya respublikaning "katta og‘asi" bo‘lishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlarini Sputnik Belarus keltirmoqda.
Lukashenkoning qayd etishicha, belaruslar "katta og‘aga xiyonat qilishga yo‘l qo‘yishmaydi". Ammo u Rossiyada "belaruslarni yakkalamasliklarini, toptamasliklarini, og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlashlarini" so‘radi.
"Ular bizning odamlarimiz, bizning birodarlarimiz. Ular bilan doim birga bo‘lganmiz, ular bizga hamisha yelkadosh bo‘lishgan. Bugungi kundagi Rossiya bilan muammolarimiz esa ruslar va rossiyaliklar bilan emas. Ular bizga juda yaxshi munosabatda", — dedi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus Rossiyani hech qachon sotmaydi va undan yuz o‘girmaydi.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026