Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar ma'lum qilindi
2019 yil 5 sentabr kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, mahalliy Kengash deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Sessiyada ta'kidlanganidek, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq qator muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub'yektlaridan 2 189 tasi amalda faoliyat yuritmayapti. Jami 2 ming 514 ta sanoat korxonasidan 253 tasi o‘z loyiha quvvati darajasida ishlamayapti, 33 tasi esa ishlab chiqarishni umuman to‘xtatgan. Mavjud quvvatdan foydalanish darajasi past bo‘lgan korxonalarning aksariyati energiya sarfi yuqori, ma'nan eskirgan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Sessiyada qayd etilganidek, tadbirkorlar energiya tejamkor texnologiyalarga o‘tmasa, korxonalarning yashovchanlik koeffitsiyenti yildan yilga pasayib ketaveradi. Shuningdek, elektr energiyasi va gazdagi uzilishlar, xomashyo yetishmasligi, aylanma mablag‘ning yo‘qligi hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilishdagi to‘siqlar korxonalarning to‘liq quvvatda faoliyat yuritmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirishdagi muammolar yechimi haqida so‘z yuritilar ekan, sessiyada Navoiy viloyatidagi korxonalar bilan kichik biznes sub'yektlari o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish – ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlashga turtki bo‘lishi ta'kidlandi. Bu boradagi imkoniyatlardan foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Sessiyada “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining ijrosini ta'minlashga ham alohida urg‘u berildi. Jumladan, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida 2019 yilga mo‘ljallangan mazkur dastur shu kunga qadar viloyatda 48,9 foizga bajarilganligi tanqid ostiga olindi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
20:11 / 25.06.2026