Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilgan.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

xalqaro me'yorlarga mos holdagi “Milliy urug‘chilik siyosati”ni ishlab chiqish, urug‘chilikni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlari, shu jumladan, kichik urug‘chilik tashkilotlarini tashkil etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘rish;

jahon bozori kon'yunkturasini hisobga olgan holda respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlab, hududlarni ixtisoslashtirish, ularning urug‘liklari va ko‘chatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, “Uzbek seeds” milliy brendini yaratish;

mahalliy va xorijiy seleksiya navlari hamda biotexnologik va noan'anaviy ekin turlari navlarining birlamchi urug‘chiligi hamda ko‘chatchiligini tashkil etish va rivojlantirish;

qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish;

urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘liklarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalar, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish;

sabzavot va polizchilikda mahalliy seleksiya navlarini tiklash hamda durugay urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;

seleksiya va urug‘chilik sohasida faoliyat yurituvchi sub'yektlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, xorijiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik tizimi imkoniyatlarini jalb etgan holda resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.

Belgilanishicha: