Taniqli biznesmen va metsenat Alişer Usmonov asos solgan "San'at, ilm va sport" xayriya jamğarmasi "MISiS" Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga uning faoliyatini yaxşilaş va dars sifatini oşirişda har tomonlama yordam berişda davom etadi. Bu haqda taşkilotning boş ofisi ma'lum qildi.

Xabarda ta'kidlanişiça, Özbekistondagi "MISiS" filiali loyihasini amalga oşiriş jamğarmaning eng muhim va ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi va qisqa vaqt içida taşkilot Özbekiston tomoni bilan uşbu masalada hamkorlikni kuçaytirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Xususan, jamğarma öquv jarayoniga çet ellik yetakçi soha mutaxassislarini jalb etiş, şuningdek, uşbu ta'lim dargohining material-texnik hamda axborot-resurs bazasini kuçaytirişni maqsad qilib olgan.

Şu kunlarda Olmaliqdagi "MISiS" filiali 100 Mbit/s. tezlikka ega bölgan Internet tarmoğiga ulandi. Natijada oliygoh xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot işlari elektron bazalari va kataloglarga, ilmiy va badiiy adabiyotlarga onlayn ulanişga muvaffaq böldi.

Eslatib ötamiz, Olmaliq şahrida MISiS filiali oçiliş marosimi 2018 yilning oktabr oyida bölib ötgan edi.