Hongkong politsiyasi Mong Kok tumanidagi politsiya bölimi yonida töplangan namoyişçilarni tarqatişda rezina öqlar qölladi. Bu haqda RTHK teleradiokorporatsiyasi xabar berdi.

Politsiya dastlab qora bayroq kötarib, namoyişçilar ketmasa közni yoşlatuvçi gaz va qurol işlatilişidan ogohlantirgan. Namoyişçilar soyabonlardan “front” hosil qilib, sekin-asta Natan roud va Şahzoda Edvard Roud Vest hududlari tomon çekina boşlaşgan.

Söngra ikki tomon örtasida töqnaşuvlar boşlanib ketgan va politsiya travmatik qurol qöllaşiga töğri kelgan. Biroq namoyişçilar ketmay, politsiya tomon ğiştlar uloqtira boşlaşgan va lazerlar tuşirişgan. Politsiyaning ma'lum qilişiça, namoyişçilar yöl çetidagi tösiqlar va svetoforlarni buza boşlaşgan.

Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem 4 sentyabrda noroziliklarga sabab bölgan ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi töliq qaytarib olinişini ma'lum qilgan.

Biroq namoyişçilar hamon norozi qolib, 5 talabning bajarilişini talab qilişmoqda. Ular 12 iyundagi namoyişlarga nisbatan “ommaviy tartibsizliklar” atamasi qöllanmasligini, hibsga olingan barça namoyişçilar ozod qilinişini, politsiyaning 12 iyundagi namoyişlar vaqtidagi harakatlarining mustaqil tergovi ötkazilişini, Hongkong ma'muriyati rahbari va qonunçilik yiğiniga töğridan-töğri umumiy saylovlarni ötkazişni talab qilişmoqda.