Noqonuniy ovçilar Qoraqalpoğiston Respublikasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi inspektorlariga hujum qilgani ma'lum böldi. Qonunbuzarlar 5 kişidan iborat bölgan. Ular tomonidan inspektorlar avtoulovining ön joyiga öq uzilgan.

Baxtli tasodif tufayli jarohatlanganlar yöq, barça inspektorlar soğ-salomat.  Ma'lumotlarga qaraganda brakonerlarga örmon xöjaligi xodimi ham hamrohlik qilgan va ovçilar 20 boş kiyikni otib öldirgan va qoçib ketişga uringan.

Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura ham bayonot berdi: “2019 yil 5 sentabr kuni soat 06:30 larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş qömitasi xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar tomonidan Möynoq tumanidagi “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Akpetkey” köllar tizimida ötkazilgan reyd vaqtida, davlat raqami bölmagan “UAZ” rusumli avtomaşinada bölgan noqonuniy ov bilan şuğullanib kelgan 5 nafar fuqarolar inspektorlarning qonuniy talabiga böysunmasdan, voqea joyidan qoçib ketişni közlab, qömita xodimlari boşqaruvidagi davlat raqami 95 Y 469 GA bölgan avtomaşina baloniga öqotar ov miltiği bilan öq uzib, voqea joyidan yaşirinişgan.

Mazkur holat yuzasidan Möynoq tuman prokuraturasi tomonidan 2019 yil 6 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan şuğullanib kelgan fuqarolarning şaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari uşlangan.

Şuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqarolar qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan şuğullanib kelgan fuqarolar boşqaruvidagi “UAZ” rusumli avtomaşinaning davlat raqami 80 S 401 YeA ekanligi aniqlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda” deyiladi prokuratura xabarida.