Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyatida nechta tadbirkorlik sub'yektining faoliyati to‘xtab qolgani ma'lum bo‘ldi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruhi Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yanada rivojlantirish borasidagi ishlarning ahvolini o‘rgandi. Uning natijalari bo‘yicha Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Klara Jumamuratova.
Qayd etilishicha, joriy yilda Xorazm viloyatida tadbirkorlik sub'yektlarining umumiy soni 2 barobarga oshgan bo‘lsa-da, biroq hozirgi kunda 8 210 ta, ya'ni 22,8 foiz tadbirkorlik sub'yektining faoliyati to‘xtab qolgan va bu raqam o‘sib bormoqda.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar va tushuntirish ishlarining yetarli darajada olib borilmaganligi, natijada talaygina tadbirkorlarda soliq qarzdorligi vujudga kelib, oqibatda ushbu tadbirkorlik sub'yektlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan bo‘lsa, ayrim tadbirkorlarning faoliyat boshlashida zarur kredit mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilmagan. Shuningdek, tadbirkorlar uchun yer ajratish, bo‘sh turgan binolardan foydalanishga ruxsat berilmaganligi ham achinarli holatdir.
Bugungi kunda viloyatda investitsiya dasturlarini bajarish bo‘yicha 501 ta loyiha amalga oshirilib, 3 968 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Biroq, ayrim loyihalar doirasida qoloqliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, tegishli asbob-uskunalar o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani sababli 7 ta loyihani amalga oshirish ishlari kechikmoqda, obektlarni gaz va elektr tarmoqlariga ulashda ham muammolar bor. Viloyat iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan infratuzilma (avtomobil yo‘lini qurishga va suv ta'minoti obektlarini qurish) uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan faqatgina 15,3 foizi moliyalashtirilgan xolos.
Yuqorida o‘rganilgan muammo va kamchiliklardan kelib chiqqan holda sessiya yakunida oldimizdagi aniq vazifalar belgilab olindi va zarur ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026