Hongkong politsiyasi namoyişçilarga qarşi qalampirli gaz qölladi, deb xabar berdi The South China Morning Post.
Xabarda aytilişiça, politsiya Şa Tin temiryöl stansiyasi va “Şahzoda Edvard” stansiyasi yaqinida töplangan faollar guruhiga qarşi aerozoldan foydalangan. Namoyişçilar politsiyaçilarga soyabon va metall buyumlar uloqtirişgan.
Avvalroq namoyişçilar yana aeroportda aksiya ötkazişlarini ma'lum qilgan, ammo politsiya va hukumat ehtiyot çoralarini körgandi.
Faollar savdo markazlari va temiryöl stansiyalarida töplanişga qaror qilişgan. Hongkongda iyun oyidan buyon namoyişlar davom etmoqda.

















