Birlaşgan Arab Amirliklarining «Şarja» klubi va Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Otabek Şukurov oğir jarohatidan foriğ böldi.
7 sentabr kuni 23 yoşli futbolçi jamoasi tarkibida Arab körfazi Kubogidan örin olgan «Ajman»ga qarşi bahsda asosiy tarkibda maydonga tuşib, töliq öynadi. Uning jamoasi 5:0 hisobida ğalaba qozondi.
Eslatib ötamiz, Şukurov mart oyida Özbekiston milliy jamoasi tarkibida Xitoyga qarşi örtoqlik öyinida oğir jarohat olib, aprel oyida jarrohlik amaliyotini ötagan edi. Natijada u safga qaytiş uçun 6 oy vaqt sarfladi.

















