Köz olmasi va tör pardada röy beradigan kasalliklarni öz vaqtida aniqlab samarali davolaş jahon tibbiyotining dolzarb muammosidir. Keyingi yillarda ilm-fan va innovatsiyalarning jadal rivojlanişi bu yönalişda yangi istiqbollarni oçmoqda. Xususan, sohaga lazer jarrohlik texnologiyalari tatbiq etilgani va soha uzluksiz takomillaşayotgani oftalmologiya yönalişida diagnostika va davolaş işlarini yangi bosqiçga kötarmoqda.
Kuni keça uşbu yönalişda yana bir yangilik Özbekiston tibbiyoti amaliyotiga joriy etildi. Ya'ni, Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasiga Fransiyaning nufuzli QUANTEL MEDICAL kompaniyasining VITRA PDT rusumidagi lazer jarrohlik uskunasi olib kelindi.

Köz inson sezgi a'zolari içida eng muhim a'zolardan biri, hayot gözalliklaridan bahramand bölişda eng bebaho vositadir, Şu bois butun dunyoda köz kasalliklari bilan boğliq xastaliklar tibbiyotning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Prezidentning 2017 yil 20 iyundagi «Özbekiston Respublikasi aholisiga 2017— 2021 yillarda ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori asosida tibbiyotning turli yönalişlari kabi oftalmologiya sohasida ham xalqaro aloqalarga keng yöl oçilgan, jahon tibbiyotining bu boradagi yutuqlarini çuqur özlaştiriş va tibbiyotimiz amaliyotiga tatbiq etişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.

Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi jamoasi bu yönalişda dunyoning qator tibbiy-ilmiy markazlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasining «Köz mikroxirurgiyasi» milliy tibbiyot tadqiqot markazi Sankt-Peterburg filiali bilan oftalmologiyada lazer jarrohligining zamonaviy yutuqlarini joriy etiş yuzasidan ilmiy-amaliy aloqalar yölga qöyildi. Hamkorlik loyihasi doirasida rossiyalik bir guruh malakali şifokorlar Özbekistonga taşrif buyurib, oftalmologiyada yangi lazer texnologiyalari vositasida murakkab jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş böyiça körgazmali operatsiyalar va mahorat darslari taşkil etdi.
— Aytiş kerakki, oftalmologiyada lazer texnologiyalarini qöllaş bir qator köz kasalliklarini davolaşda katta yutuqlarga zamin yaratmoqda. — deydi Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi boş şifokori Otabek Ikromov. — Jumladan, mutaxassislarning tahliliga köra, ilm-fanning bunday yutuqlari tufayli köz tör pardasi distrofiyasini yigirma martagaça kamaytirişga erişilmoqda. Jahon tibbiyotining bunday yangiliklari yurtimiz tibbiyotiga tatbiq etilişi aholiga malakali tibbiy yordam körsatiş imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

















