Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon shahrida xalqaro festival munosabati bilan qator ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalarda transport harakati cheklanishi haqida ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi «Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro hunarmandchilik festivali» tadbirlari davomida jamoat tartibi va harakat xavfsizligini ta'minlash, tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda avtotransport vositalari qatnovini tartibga solish maqsadida quyidagi ko‘chalarda transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi:
Turkiston ko‘chasi: Po‘stindo‘z-Bog‘iston ko‘chalari kesishmasidan Hamza ko‘chasi kesishmasiga qadar;
Sarboz ko‘chasi: Guzar ko‘chasi kesishmasidan O‘rda tagi ko‘chasi kesishmasiga qadar;
Zarrinsaroy ko‘chasi: O‘rda tagi ko‘chasi kesishmasidan Parpashabof ko‘chasi ko‘chasi kesishmasiga qadar;
Charxiy ko‘chasi: Parpashabof ko‘chasi kesishmasidan Po‘stindo‘z ko‘chasi kesishmasiga qadar.

«Mazkur ko‘chalarda harakat cheklanishi munosabati bilan avtotransport vositalarining vaqtincha to‘xtash joylari tashkil etiladi.
Tadbirlar davomida shahar ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida shahar hududi va tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarda vaqtincha yuk avtomobillari harakati taqiqlanadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
10:37 / 13.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivalida ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
11:07 / 25.03.2026