Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyasi fan va ta'lim böyiça tarkibiy komisiyasining hamraisi M.Borovskaya 9 sentabr kuni Özbekistonga keldi.
Taşrif doirasida M.Borovskaya rahbarligidagi delegatsiya «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida böldi. Mehmonlar filialning öquv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdilar.

Talabalar va professor-öqituvçilar bilan bölgan muloqot çoğida öquv jarayoni samaradorligini yanda oşiriş, öquv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini yanada boyitiş xususida fikr almaşildi.
Şuningdek, Özbekiston va Rossiya örtasidagi oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligi alohida qayd etildi.

Delegatsiya a'zolarining Toşkent viloyatida joylaşgan Toşkent şahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialiga taşrifi ham rejalaştirilgan.


Ertaga, 10 sentabr kuni oliy va örta masxus ta'lim vaziri I. Madjidov va Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri örinbosari M. Borovskaya iştirokida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyasi fan va ta'lim böyiça tarkibiy komissiyasining birinçi yiğilişi ötkaziladi.

















