20 avgust kuni Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» Olmaliq filialida kiriş imtihonlari boşlandi, deb xabar bermoqda Toşkent viloyati hokimligining axborot xizmati.
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga qaraşli «Metallurg» sport majmuasining stadionida ötkazilayotgan imtihonlar 20-22 avgust kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan. Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialiga 1309 nafar abituriyent hujjat topşirgan.
Qayd etilişiça, imtihonlar «Matematika», «Fizika», «Informatika» («Texnologik jarayonlar va işlab çiqarişni avtomatlaştiriş» ta'lim yönalişi uçun) va «Rus tili» fanlaridan yozma ravişda ötkazilmoqda. Jarayon şaffof va obektiv ötişini ta'minlaş maqsadida filialning professor-öqituvçilari, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Yoşlar ittifoqi vakillaridan iborat kuzatuvçilar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Imtihondan avval «Metallurg» stadionining kiriş joylariga dezinfeksiya tunellari, videokuzatuv uskunalari, yoritiş moslamalari örnatilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilda Özbekistonda test sinovlari stadionlar va xiyobonlarda ötkazilişi tasdiqlangan.
«Toşkent viloyatidagi umumta'lim maktablari hamda kasb-hunar kollejlarining 52 mingdan ziyod bitiruvçilaridan qariyb 40 ming nafari oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjat topşirgan.
Viloyatdagi mavjud 5 ta oliy ta'lim muassasalariga 2020–2021-öquv yili uçun 7825 nafar (4 650 nafari kunduzgi, 2 725 nafari sirtqi va 450 nafari keçki ta'lim uçun hujjat topşirgan) talaba qabul qiliş rejasi belgilangan. Şuningdek, bu yil xotin-qizlar uçun ham alohida grantlar ajratildi.
Şunga asosan viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasiga viloyat böyiça jami 1714 nafar xotin-qiz hujjat topşirgan bölib, komissiya tomonidan hujjatlar nizom asosida örganilgan va ularning 1142 nafariga tavsiyalar berildi», deya Toşkent viloyati hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.































