Yangi öquv yilidan boşlab davlat grantida öqiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30 foizdan ortiq fanlardan «3» baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya oliş huquqidan mahrum böladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbar xodimlari iştirokida taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Budjet asosida öqiydigan talabaning özlaştirişi 30 foizdan past bölgan hollarda keyingi semestrdan boşlab  şu talaba uçun stipendiya bekor qilinadi», deya vazirlikdagi boşqarma boşliği Maqsud Hamroyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan avvalroq, davlat budjeti asosida öqiydiganlar ham, kontraktda öqiydiganlar ham bir xil miqdorda - 400 ming sömdan stipendiya olişi haqida xabar qilingandi.