Aholining turmush sharoiti yaxshilanib, moddiy ahvoli yuksalgani sari turli orzu-havaslar ham keng quloch yoymoqda. Qolaversa, qaysidir ma'noda, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, dong taratish, mashhur bo‘lish istagi, ayrimlar tomonidan jamiyatda belgilangan yurish-turish qoidalarini mensimaslikka, boshqalar zarariga bo‘lsin, o‘z maqsadini amalga oshirishga olib kelmoqda.

Yaqinginada, yoshlardan biri ijtimoiy tarmoq sahifasidagi mushtariylari sonini oshirish ilinjida temir yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan lokomotiv ostiga yotganiga guvoh bo‘ldik. Bu hodisa keng muhokamalarga ham sabab bo‘ldi.

Biroq, jamiyatning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi bilan bog‘liq yana bir og‘riqli muammo ham borki, bu mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarning to‘y kortejlaridir. Bu haqda qanchalik ko‘p gapirilmasin, OAV orqali chiqishlar qilinmasin, o‘ziga xos «to‘qlikka sho‘xlik» tobora avj olmoqda. Achinarlisi, bu kabi kortejlar harakatlanishi davomida yo‘l-transport hodisalari ham ro‘y berishi oqibatida kimningdir jigargo‘shasi jabrlanishi, hatto fojia bilan tugab, to‘y azaga aylangan holatlar ham yo‘q emas. So‘nggi statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida esa, respublika bo‘ylab, 494ta holatda O‘zR Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga binoan yo‘llarda guruh bo‘lib harakatlanish qoidalarini buzganlarga nisbatan choralar ko‘rilgan.

Keling, kortejlarda harakatlanuvchilar, kortej tarkibidagi haydovchilar, avtomobilning oynasidan tanasining katta qismini tashqariga chiqaruvchi operatorlar va yo‘lovchilar uchun qonunchilikda qanday huquqiy ta'sir choralari belgilanganini ko‘rib chiqsak. Biz O‘zR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati boshlig‘i, mayor Akmal Yunusovga shu xususda qator savollar bilan murojaat qildik.

O‘zR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati boshlig‘i, mayor Akmal Yunusov

«Motosikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi 669 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil