Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2020 saralashi. Niderlandiya va Belgiyada yirik g‘alaba, Rossiya Qozog‘istonga so‘nggi daqiqalarda gol urdi
Yevro-2020 saralashi doirasida C, E, G va I guruhlarida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
S guruhida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib kelayotgan Shimoliy Irlandiya o‘z uyida Germaniyaga mag‘lub bo‘ldi. Niderlandiya esa Estoniya maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi. Bu guruhda biryo‘la uch jamoa 12 ochkodan jamg‘arib, g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Ye guruhida Xorvatiya kutilmaganda autsayder Ozarbayjonga ochko ulashdi. Slovakiya esa Vengriyani mag‘lub etib, Xorvatiyaga yaqinlashib oldi.
G guruhining markaziy bahsida Polsha va Avstriya murosa yo‘lini tanlashdi. Sloveniya esa so‘nggi daqiqalarda Isroil darvozasiga g‘alaba golini urdi.
I guruhida Belgiya bu safar Shotlandiyani yirik hisobda yengdi, Rossiya esa Qozog‘iston ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘alaba to‘pi 89-daqiqada kiritildi.
Yevro-2020 saralashi
S guruhi
Estoniya – Niderlandiya 0:4
Gollar: Babel (17, 47), Depay (76), Veynaldum (87).
Shimoliy Irlandiya – Germaniya 0:2
Gollar: Xalstenberg (48), Gnabri (90+2).
Ye guruhi
Ozarbayjon – Xorvatiya 1:1
Gollar: Xalilzoda (72) – Modrich (11, penalti).
Vengriya – Slovakiya 1:2
Gollar: Soboslai (50) – Mak (40), Bojyenik (56).
G guruhi
Latviya – Makedoniya 0:2
Gollar: Pandev (14), Bardi (17).
Polsha – Avstriya 0:0
Sloveniya – Isroil 3:2
Gollar: Verbich (43, 90), Bezyak (66) – Natxo (50), Zaxavi (62).
I guruhi
Rossiya – Qozog‘iston 1:0
Gol: Fernandes (89).
San-Marino – Kipr 0:4
Gollar: Kusulos (2, 73), Papulis (38), Artimatas (75).
Shotlandiya – Belgiya 0:4
Gollar: Lukaku (9), Vermalen (24), Alderveyreld (32), de Bryuyne (82).
Mavzuga oid
21:14 / 14.07.2021
Yevroda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar. Ular endi top-klublarda paydo bo‘lishi mumkin
15:57 / 13.07.2021
Yevro-2020 yakunlari. Kim tezroq, chidamliroq va aniqroq?
15:32 / 13.07.2021
Yevro-2020 ramziy jamoasi e'lon qilindi
17:32 / 12.07.2021