10 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionati davom etdi. Havaskor boksçilar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasining yana bir vakili Dilşod Rözmetov ham ğalaba bilan boşladi.
-81 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Dilşod Rözmetov birinçi bosqiçda möğulistonlik Narmandax Şinebayar bilan jang qildi va uç raund yakuniga köra, hakamlar tomonidan ğolib deb topildi - 5:0.


Eslatib ötamiz, 9 sentabr kuni Fanat Qahramonov boşqa bir möğilistonlik raqibini yengib ikkinçi bosqiçga yöllanma olgandi.
Özbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili - Mirazizbek Mirzaxalilov, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov saralaş bosqiçidan ozod etilgan. Ular ikkinçi bosqiçda bahslarga kirişadi.
Terma jamoaning qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarşi ringga çiqişadi:
-52 kg: Şahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston) (12 sentabr)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polşa) (15 sentabr)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Rizo Binbaziz (Jazoir) (12 sentabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Çernogoriya) (16 sentabr)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teyşeyra Da Silva (Braziliya) (15 sentabr)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron) (17 sentabr).
Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportçi iştirok etmoqda.
















