Özbekiston boks terma jamoasining katta murabbiyi Tölqin Qiliçevning fikriça, Yekaterinburgda ötkazilayotgan jahon çempionatida özbekistonlik boksçilar 2ta oltin medalga ega çiqişsa, buni juda yaxşi natija sifatida qabul qiliş mumkin.

Şu bilan birgalikda, u terma jamoa bundan yuqoriroq natija körsatişga qodirligini qayd etib ötgan.

«Sönggi yillardagi turnirlarda jamoamiz körsatayotgan natijalar tufayli biz oldimizga yanada balandroq marralarni vazifa sifatida qöymoqdamiz, ortga qaytişga yöl yöq. Biz uçun Yekaterinburgdagi jahon çempionati saralaş vazifasini ötaş-ötamasligining (2020 yilgi Olimpiada) ahamiyati yöq. Biz maksimum natijaga erişişni maqsad qilganmiz.

Agar bu turnirda ikkita oltin medal qölga kiritsa, bu juda yaxşi natija böladi. Ammo biz yanada yuqoriroq natija uçun intilamiz. Bizning asosiy raqiblarimiz - Rossiya, Kuba, Qozoğiston va Ukraina terma jamoalari boksçilaridir», deya Tölqin Qiliçevning sözlarini keltirmoqda Sport RIA Novosti naşri.

Havaskor boksçilar örtasidagi jahon çempionati 9 sentabr kuni start oldi va 21 sentyabrga qadar davom etadi. Unda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportçi iştirok etmoqda. Sportçilar 8ta medallar şodasi uçun kuraş olib borişmoqda.

9-10 sentabr kunlarida Özbekiston boks terma jamoasining 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilşod Rözmetov saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötişdi, ularning ikkisi ham möğulistonlik boksçilarni işonçli tarzda mağlubiyatga uçratişdi.

10 sentabr kuni Dilşod Rözmetov jahon çempionatidagi ilk jangini möğulistonlik Narmandax Şinebayarga qarşi ötkazayotgan vaqtda terma jamoaning boşqa a'zolari  katta murabbiy Tölqin Qiliçev boşçiligida yengil maşqlarni bajarişdi.

Özbekiston boks terma jamoasi va murabbiylar
Katta murabbiy Tölqin Qiliçev va Şahobiddin Zoirov