Yaponiya hukumati 11 sentabr ertalab töliq tarkibda iste'foga çiqdi. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi. 

Boş vazir Sindzo Abe hukumat a'zolari iste'fosini qabul qildi. Bunga esa Abe tomonidan iyuldagi saylovlardan keyin va iste'mol soliğining oktyabrga belgilangan 10 foizlik oşişi oldidan hukumat tarkibini özgartiriş rejasi sabab böldi.

2018 yil oktyabrdagi özgartirişlar natijasida köplab vazirlar öz lavozimlarini saqlab qolgan bölsalar, endi avvalgi lavozimlarda faqatgina hukumatning boş kotibi  Yosixide Suga va moliya vaziri Taro Aso qoladi.

Yana 2 vazir Yaponiyada aytiş qabul qilingandek “gorizontal” tartibda özgaradi: taşqi işlar vaziri Taro Kono iqtisodiyot vaziri böladi, uning örnini esa iqtisodiyotni tiklaş masalalari vaziri Tosimitsu Motegi egallaydi. Avvalgi hukumatda vazir lavozimlarini egallagan yana 2 kişi hukumatga qaytadi, qolgan 13 kişi vazirlar mahkamasi tarkibiga ilk bor kiradi.

Kunning 2-yarmida hukumatning yangi tarkibi e'lon qilinişi kutilmoqda. Söngra yangi hukumat imperator tomonidan tasdiqlanadi va şundan keyingina rasman şakllantirilgan deb hisoblanadi.