Maktabgaça ta'lim muassasalari uçun öquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlaş, tanlaş va ekspertizadan ötkaziş, ularni naşr qiliş tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Maktabgaça ta'lim vazirligi (MTV) har yili fevral oyida keyingi öquv yillarida bolalar boğçalarida foydalaniş uçun tavsiya etiladigan öquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda qöllanmalarning röyxatini şakllantiradi. MTVning rasmiy sayti va OAVda potensial mualliflar uçun tegişli e'lon maketlarga qöyiladigan talablar va ularni topşiriş muddatlari körsatilgan holda joylaştiriladi.
Öquv materiallarini tayyorlaşda iştirok etiş uçun ijodiy jamoalar (maktabgaça ta'lim tizimidagi tajribali mutaxassislar, tuzuvçilar, davlat va nodavlat (ş.j.xorijiy) taşkilotlar, naşriyot va matbaa taşkilotlari) MTVga rasmiy buyurtma beradilar va MTV huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markaziga original maketlarni topşiradilar. Markazning ekspert guruhi ikki oy muddatda maketlarni ekspertizadan ötkazadi va tegişli xulosani taqdim etadi.
Materiallarni yaratişda maktabgaça ta'lim tizimidagi pedagoglar va ota-onalarning fikr-mulohazalari inobatga olinadi, ular MTV saytidagi oçiq muhokamada öz fikrlarini bildirişlari mumkin. Qöllanmalarni naşr etiş eng maqbul narxlar taklif etgan naşriyotlarga işonib topşiriladi. Tanlov ötkaziş töğrisidagi e'lon MTV saytida joylaştiriladi.
Ijodiy jamoalar işlaş davomida (4 oydan oşmagan muddatga) asosiy iş haqining 0,25%i miqdorida qöşimça moddiy rağbatlantiriladi.
Hujjat 9.09.2019 yildan kuçga kirdi.
Bolalar boğçalari uçun qöllanmalar işlab çiqişda ota-onalar fikri inobatga olinadi
17:46 / 12.09.20198 4662 min

















