Rossiyaning Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionati davom etmoqda.

12 sentabr kungi janglar doirasida -52 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan boksçi Şahobiddin Zoirov birinçi jangini turkmanistonlik Yihlas Giliçjanovga qarşi ötkazdi.

Rio—2016 Olimpiadasi çempioni jangda töliq ustunlikka erişdi va ikkinçi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tuşirdi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi
Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Uç raund natijalariga köra, hakamlar bir ovozdan Şahobiddinning ğalabasini qayd etişdi - 5:0.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Şahobiddin Zoirovga keyingi bosqiçda Dominikan Respublikasi vakili raqiblik qiladi.

Bugun, -63 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Elnur Abduraimov jazoirlik raqibiga qarşi ringga kötariladi.

9-10 sentabr kunlarida Özbekiston boks terma jamoasining 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilşod Rözmetov saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötişdi, ularning ikkisi ham möğulistonlik boksçilarni işonçli tarzda mağlubiyatga uçratişdi.

Qur'a natijalariga köra, Özbekiston boks terma jamoasining qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarşi jang qilişadi:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polşa) (15 sentabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Çernogoriya) (16 sentabr)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teyşeyra Da Silva (Braziliya) (15 sentabr)