14-22 sentabr kunlari Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari (yunon-rim kuraşi, erkin kuraş va ayollar kuraşi) böyiça navbatdagi jahon çempionati bahslari bölib ötadi. Tokio olimpiadasi uçun yöllanmalar öynaladigan bu bahslarda 27 nafar özbekistonlik sportçi qatnaşadi. Ulardan 9 nafari erkin kuraş, 10 nafari yunon-rim kuraşi böyiça yana 8 nafari ayollar kuraşi böyiça bahslarda qatnaşadi.

Qöşni mamlakatda ötadigan musobaqada Özbekiston vakillarining imkoniyatlari qay darajada?

Bu galgi jahon çempionatida 2020 yil Tokioda ötkaziladigan Olimpiada öyinlariga jami 108ta yöllanma öynaladi. Har bir vazn toifasida kuçli oltilikka kirgan sportçilar 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnaşiş huquqiga ega bölişadi. Ya'ni, musobaqaning barça yarim finalçilari avtomatik tarzda yöllanmaga ega bölsa, yana ikkita yöllanma yarim finalgaça yetib kelolmagan sportçilar örtasida ötkaziladigan ötiş öyinlarida taqsimlanadi.

  • yunon-rum kuraşi böyiça -55 kg, -60 kg, -63 kg, -67 kg, - 72 kg, -77 kg, -82 kg, -87 kg, -97 kg, -130 kg;
  • erkin kuraş böyiça -57 kg, -61 kg, -65, -70 kg, -74 kg, -79 kg, -86 kg, -92 kg, -97 kg, -125 kg;
  • ayollar kuraşi böyiça -50 kg, -53 kg, -55 kg, -57 kg, -59 kg, -62 kg, -65 kg, -68 kg, -72 kg, -76 kg;

Raqib murabbiyini «yeçinişga majbur qilgan» Ixtiyor, Olimpiada medalini közlagan Bekzod va ikkinçi yoşligini ötkazayotgan Magomed

Özbekistonlik sportçilarga bu bahslarda oson bölmasligi aniq, ammo vakillarimizdan Tokio olimpiadasiga maksimal miqdorda yöllanma kutiş mumkin. Erkin kuraşçilarimiz Qozoğistonga kuçli tarkib bilan yöl olgan:

-57 kg: Jahongirmirzo Turobov

-61 kg: Abbos Rahmonov

-65 kg: Temurjon Usmonoxunov

-70 kg: Ixtiyor Navrözov

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-79 kg: Raşid Qurbonov

-86 kg: Javrail Şapiyev

-97 kg: Magomed Ibragimov

-125 kg: Hasanboy Rahimov.

Bu sportçilar orasida muxlislar endilikda -70 kg vazn toifasida gilamga çiqadigan