Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy–amaliy tibbiyot markazida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasining kengaytirilgan yiğilişi ötkazildi. Unda mazkur markaz rahbarining “Aholiga travmatologiya va ortopediya xizmatni körsatişning holati töğrisida”gi axboroti eşitildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda markaz faoliyati bilan boğliq bir qator muammolar ham atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, ma'lumotlarga köra, respublikadagi travmatizm darajasi yil sayin oşiş tendensiyasini körsatmoqda. Bu nafaqat yurtimizda, balki jahon travmatizmi uçun xos holatdir. 2013 yil mamlakatda har 100 ming aholiga 3 160,7 şikastlaniş röyxatdan ötgan bölsa, 2018 yil yakuni böyiça bu körsatkiç 3 699,4 tani taşkil etdi.
Travmatizmning yuqori körsatkiçlari aholi ziç, asosan yirik şaharlarda yaşaydigan, texnologik rivojlangan hududlarda, xususan, Toşkent şahri, Buxoro, Namangan, Andijon, Samarqand, Xorazm hududlarida qayd qilingan.
Ayni zamonda travmatologiya va ortopediya amaliyoti uçun zarur yönaliş – suyak transplantologiyasi masalalari (allogen suyak tayyorlaş, saqlaş va qöllaş) uçun qonunçilik bazasini yaratiş muhim vazifalardan biri bölib qolmoqda.
Yiğilişda qayd etilganidek, sohada yana bir jiddiy muammo bu bemorlarga endoprotez qöyiş masalasidir. Bugungi kunda bemorlarga qöyiladigan endoprotez vositasini sotib oliş uçun xarajatlar budjet mablağlari hisobidan moliyalaştirilmaydi. Bemorlar öz hisobidan sotib olib kelgan endoprotezlar markazda örnatib beriladi.
Deputatlar tomonidan ötkazilgan uçraşuvlarda ham köplab bemorlar endoprotezlar işlab çiqarilgan davlatga qarab, turliça, asosan qimmat ekanini bildirmoqda. Şu munosabat bilan, çet el tajribasini örgangan holda Soğliqni saqlaş vazirligi tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bemorlarga endoprotez va şu kabi boşqa vositalar bilan ta'minlaşda qulayliklar yaratişga doir amaliy çoralar körişi maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
Bundan taşqari, ayni sohani malakali kadrlar bilan ta'minlaş masalasi mamlakatimizda aholiga travmatologiya va ortopediya xizmatini körsatişga özining salbiy ta'sirini körsatayotgan muammolardan biri bölib qolmoqda.
Tadbirda uşbu masalalar böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi vakillarining fikr-mulohazalari eşitildi va mavjud muammolarni hal qiliş maqsadida tegişli çoralar köriş tavsiya qilindi.

















