Afg‘oniston prezidenti O‘zbekiston rahbariyatiga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi
2019 yilning 11 centyabr kuni Kobul shahridagi «Arg» saroyida Afg‘onistondan Xitoyga O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari orqali birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, unda Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Hukumat a'zolari, Parlamentning ikkala palatasi deputatlari, Afg‘onistonning ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston transport vaziri Yama Yari mamlakatda transport koridorlarini rivojlantirish va afg‘on mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish rejalari to‘g‘risida so‘zladi. U Hayraton portidan Xitoyga 41 vagonli birinchi konteyner poyezdining muvaffaqiyatli yuborilishini olqishladi. Vazirning ta'kidlashicha, temir yo‘l transportining yo‘lga qo‘yilishi Afg‘oniston eksportini bir necha marotaba ko‘paytiradi va shu bilan birga tovarlarni tashish va yetkazib berish vaqtini kamaytiradi.
Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani o‘z nutqida ishtirokchilar e'tiborini Afg‘oniston o‘zining noyob geografik joylashuvi tufayli Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in ekanligiga qaratdi. «Bugun Afg‘oniston uchun tarixiy kun, u eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘liga o‘tmoqda», – dedi Afg‘oniston rahbari.
Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekistonning mintaqadagi yuklar tranziti, transport va kommunikatsiya yo‘nalishlarini rivojlantirishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi va Afg‘oniston yuklarining Xitoyga tranzit qilinishiga ko‘maklashgani uchun respublika rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildirdi: «Men qadrdon do‘stim prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni tiklash va rivojlantirish yo‘lida mamlakatimiz xalqi va hukumatiga ko‘rsatayotgan yordam uchun samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman».
2019 yil 12 sentabr kuni Kobul politexnika universitetida «Afg‘onistonning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi o‘rni» mavzusidagi konferensiya davom ettirildi, unda Afg‘onistonning ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024