Sunnatilla Husanoviç Bekenov prezident qarori bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori etib tayinlandi.

Şu munosabat bilan u Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod qilindi. 

U bu lavozimda 2019 yil aprelidan buyon işlab kelgan Ahadbek Haydarov örnini egalladi.

Sunnatilla Bekenov 1971 yilda Qozoğistonning Çimkent şahrida tuğilgan.

U 2005 yilgaça (qaçondan beriligi noma’lum) «Özbekiston Qimmatli qoğozlar depozitariysi» davlat korxonasi boş direktori sifatida işlagan. 2005-2007 yillarda Özbekiston Moliya vaziri örinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boşliği, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi apparati boşqaruvçisi sifatida işlagan. 2015 yildan 2016 yilning dekabrigaça Taşkiliy-kadrlar masalasi böyiça Prezident davlat maslahatçisining birinçi örinbosari sifatida işlagan, 2016 yil dekabrida Botir Xöjayev örniga Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.

U 2018 yilning fevralida Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlanadi va bu lavozimda 2019 yilgaça işlaydi. 2019 yilning yanvarida ivestitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovga birinçi örinbosar böladi.