Bugun, 14 sentabr kuni Qişloq xöjaligi vazirligi binosida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi mazmun-mohiyatiga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.

Unda Qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xodjayev normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylaştirilgan strategiya loyihasi böyiça ma'lumot berdi, şuningdek, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

Hujjat bilan qişloq xöjaligini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari, amalga oşiriş mehnizmlari, asosiy maqsadli körsatkiçlar, şuningdek, amalga oşiriş körsatkiçlari belgilab berilgan.

Unga köra, 2020-2030 yillarda qişloq xöjaligini rivojlantiriş Strategiyasi sohani rivojlantirişning 9 ta ustuvor yönalişini öz içiga olgan: 

• Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş; 

• Qulay agrobiznes muhitini va qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş;

•  Soha boşqaruvida davlat iştirokini kamaytiriş va investitsion jozibadorlikni oşiriş;

• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanişni ta'minlaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş;

•  Davlat boşqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirş;

• Tarmoqni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan davlat xarajatlarini bosqiçma-bosqiç diversifikatsiya qiliş;

• Qişloq xöjaligi ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantiriş;

• Qişloq hududlarini rivojlantiriş;

• Tarmoq statistikasi va ma'lumotlar yiğişning şaffof tizimlarini işlab çiqiş.

Şuningdek, Qişloq xöjaligini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşiriş böyiça 112 banddan iborat "Yöl xaritasi ham işlab çiqilgan.

Tadbirda vazirlik va Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tomonidan fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari yetarli darajada himoya qilinmayotgani, fermer xöjaligi yerlari juda köp holatda qonuniy asossiz tugatib yuborilayotgani, bu esa yillar davomida dehqonlarda mavjud qonunlarga nisbatan işonçsizlik paydo qilib, yerga egalik huquqi şakllanişiga tösiq bölib kelayotgani, şuningdek, vazirlik tomonidan ularning huquqlarini himoya qiliş böyiça yangi tizim işlab çiqilişi kerakligi borasida murojaat qilingan.