28 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning beşinçi kungi bahslarida 4 nafar özbekistonlik sportçi 2 sport turi böyiça iştirok etdi.
Dzyudo
-70 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Gulnoza Matniyozova birinçi davrada çadlik Demos Memnelumga qarşi gilamga çiqib, ippon evaziga ğalaba qozongandi.
Ammo ikkinçi davrada Gulnozaga amaldagi jahon çempionati sovrindori, uşbu vaznning birinçi saralangan vakili Sanne van Dayke raqiblik qildi. Bellaşuv özbekistonlik sportçining mağlubiyati bilan yakunlandi (Sanne van Dayke yakunda bronza medal oldi).

Endi Matniyozova aralaş jamoaviy yönalişda iştirok etadi.
-90 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan dzyudoçi Davlat Bobonov esa dastlab italiyalik Nikolas Mungay tösiğidan ötdi. Ikkinçi davrada ukrainalik Kedjau Nabalini birinçi raunddayoq mağlubiyatga uçratdi.
Ammo çorakfinal u Yevropa çempioni, gruziyalik Laşa Bekauri bilan bahsda dzyudo qoidalariga zid harakati uçun (raqib hujumida boş bilan notöğri harakat) hakam tomonidan qizil kartoçkaga loyiq körildi va mağlubiyatga uçradi.
Şundan söng Bobonov bronza medali uçun kuraşadigan böldi. Ötiş bahslarida ikki karra jahon çempioni kelib çiqişiga köra gruzin bölgan, Ispaniya nomidan qatnaşgan Nikoloz Şerazadişvilini vazari bahosi bilan yengdi.
Hal qiluvçi bahsda esa turkiyalik Mixael Zgank ippon evaziga ğalaba qozonib, Özbekiston delegatsiyasi uçun yana bir medal - bronza taqdim etdi.


Go Sport ma'lumotiga köra, bu Özbekiston dzyudo jamoasining olimpiadalar tarixidagi 7-medali böldi. Bungaça terma jamoa vakillari 4ta olimpiadada jami 2ta kumuş va 4ta bronza medallarni qölga kiritgandi.




















