Şu kuni ikki nafar boksçi nimçorak final janglaridan iştirokini boşlaydi, dzyudoçilar jamoasidan bir erkak va bir ayol sportçi medallar uçun kuraşib köradi.

Soat 07:00da -70 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan dzyudoçi Gulnoza Matniyozova tatamiga çiqadi. Uning ilk raqibi çadlik Demos Memnelum böladi.

Soat 07:45da esa Özbekiston dzyudo jamoasining medal uçun sönggi umidlaridan biri bölmiş Davlat Bobonov (-90 kg vazn toifasida) iştirokini boşlaydi. Unga dastlabki jangida italiyalik Nikolas Mungay raqiblik qiladi.

Hozirga qadar Şarofiddin Lutfullayev (-60 kg), Sardor Nurillayev (-66 kg), Hikmatilloh Törayev (-73 kg), Şarofiddin Boltaboyev (-81 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg) va Farangiz Hojiyeva (-63 kg) turnirni tark etib böldi. Keyingi kunlarda Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) va Bekmurod Oltiboyev (+100 kg) öz omadlarini sinab körişadi.

Boks jamoasining yana ikki vakili çorak final yöllanmasi uçun jang qiladi. Soat 8:40da -57 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzaxalilov irlandiyalik Kurt Uolkerga qarşi ringga kötariladi.

Soat 16:30da esa -81 kg vazn toifasida Dilşod Rözmetov ozarboyjonlik Alfonso Domingesga qarşi jang boşlaydi.

Bu Dilşod Rözmetovning Olimpiadadagi ikkinçi jangi böladi. U 1/16 finalda irlandiyalik Emmet Brennanni 5:0 hisobi bilan mağlub etgandi. 

Bundan taşqari, Tursunoy Rahimova (+51 kg), Elnur Abduraimov (-63 kg), Şahobiddin Zoirov (-52 kg) va Fanat Qahramonov (-75 kg) ham ilk janglarda ğalabaga erişib, 1/8 finalga çiqqandi. Bugun Özbekiston boks jamoasining yana bir vakili Bobo-Usmon Boturov (-69 kg) 1/4 final yöllanmasini hal qildi. Sanjar Tursunov (-91 kg) esa ilk raqibga mağlub bölib, turnirni 1/16 finaldayoq tark etgandi. Şahnoza Yunusova (-69 kg) ilk jangda muvaffaqiyatsizlikka uçragan.

Özbekiston delegatsiyasining Olimpiada öyinlaridagi bayroqdori, +91 kg vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov esa iştirokini 29 iyul kuni boşlaydi. Şuningdek, -60 kg vazn toifasi vakili Rayhona Qodirova ham ilk jangiga tayyorlanmoqda.

Özbekiston delegatsiyasi hozirça bir oltin medal bilan umumiy reytingda 23-örindan joy olib turibdi.