Serbiya mezbonligida ötayotgan boks böyiça jahon çempionatida 28 oktabr kungi bahslarda Özbekiston jamoasining uç nafar vakili ringga çiqdi. 

Dastlab -57 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzaxalilov amerikalik Jamal Harveyga qarşi ringga kötarildi. 

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Birinçi raundda özbekistonlik sportçi oçkolar böyiça yutqazdi. Ikkinçi raundni u öz foydasiga hal böldi. Ammo uçinçi raundda yana amerikalik raqib ustunlik qildi. Yakunda 5 hakamning uç nafari AQŞ vakilini ğolib deb topdi (3:2) va amaldagi jahon çempioni Mirazizbek Mirzaxalilov bu safargi çempionatni ilk bosqiçdayoq yakunladi.

+92 kg vazn toifasi vakili Lazizbek Mullajonov turnirdagi iştirokini eronlik Amiri Puriyaga qarşi jang bilan boşladi. Dastlabki ikki raundda ustunlikka erişgan Mullajonov yakunda 4:1 hisobida ğolib böldi va keyingi bosqiçga ötdi.

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Uning keyingi bosqiçdagi raqibi buyuk britaniyalik Delikous Oriye böladi.

-67 kg vazn toifasida ringga çiqayotgan Asadxöja Möydinxöjayev esa turnirdagi ikkinçi jangida, 1/16 final bosqiçida falastinlik tajribali boksçi, 30 yoşli Ahmed Hararaga qarşi jang qildi. Uç raund davomida ustunlik qilgan Möydinxöjayev yakunda 5:0 hisobida ğalaba qozondi va jahon çempionatidagi yurişini davom ettirdi. U birinçi bosqiçda irlandiyalik raqib tösiğidan ötgandi.

Bugungi bahslardan keyin musobaqani tark etgan özbekistonlik boksçilar soni uç nafarga yetdi. Bundan avval 26 oktabr kuni Hasanboy Dösmatov qozoğistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, öz iştirokini yakunlagandi. 27 oktabr kuni Şohjahon Abdullayev nokautga uçrab, musobaqani tark etdi.

29 oktabr kuni özbekistonlik boksçilardan tört nafari ringga kötariladi: