Bugun, 14 sentabr kuni Qişloq xöjaligi vazirligi binosida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi mazmun-mohiyatiga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.

Unda Qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xodjayev normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylaştirilgan strategiya loyihasi böyiça ma'lumot berdi, şuningdek, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
Tadbirda yer munosabatlari böyiça mavjud qonunlarni tartibga soladigan hujjat - Yer kodeksi bugungi kunda yer boşqaruvida bölayotgan özgarişlar talabiga qançalik javob berişi, sohada biri-birini inkor qiluvçi qonunosti hujjatlari ham uçrayotgani, şu bois, tizimda yangi tahrirdagi Yer kodeksi qabul qiliş talabi vujudga kelayotgani borasida murojaat qilingan.

«Bizga dehqonlarga, kooperativ va klasterlarga, şuningdek, xorijiy investorlarga yer ajratib beriş, bunda munosabatlarni aniq belgilaş, şuningdek, turli vaziyatlarni hal qilişda suyanadigan yangi tahrirdagi Yer kodeksi kerak.
Töğri, biz 10 yillik strategiyada oxirgi nuqtani, ya'ni, yer beriş jarayoni şaffof bölişi kerakligi haqida bandlarni körsatganmiz, raqobat, yerni haqiqiy egasiga berişni va yana ikki-uçta mexanizmni yozganmiz, lekin bunga yana qöşimçalar, özgartirişlar kiritiş kerak deb hisoblayman.

Öylaymanki, Yer kodeksida yerga egalik huquqini qaçonki qiyin bölmagan, sodda tarzda xalqqa yetkazsak, şundagina şaffof tizim böladi», deya Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xodjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















