Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilish haqidagi qonunni imzoladi
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda 4 ta davlat: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a'zolari hisoblanib, mazkur tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimiga muvofiq tasdiqlangan.
Tashkilot Turkiy tilli davlatlarning rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollar kengashi va Kotibiyatdan tarkib topgan bo‘lib, a'zo mamlakatlarning iqtisodiy, investitsiya, bojxona, transport, ta'lim, turizm, axborot kabi sohalarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar tashkillashtirilib, har bir a'zo davlatning manfaatidan kelib chiqqan holda kelishuvlarga erishiladi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026