Prezident tomonidan Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisida ma'qullangan “Turkiy tilli davlatlar hamkorligi Kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan Bitimini (Naxiçevan, 2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qiliş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanovning yozişiça, Turkiy kengaş unga a'zo davlatlarning muloqoti va hamkorligini ilgari suriş maqsadida tuzilgan yirik mintaqaviy birlaşma hisoblanadi. Uşbu taşkilotning şakllanişiga qadar Özbekiston turkiy tillar davlatlari örtasida özaro hamkorlikni örnatiş va yanada rivojlantirişda faol iştirokçi va taşabbuskorlardan biri bölgan.
Turkiy tilli davlatlar örtasida aloqalarni yanada jadallaştiriş maqsadida 2009 yilning 3 oktyabrida Naxiçevan şahrida, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya davlatlari rahbarlari “Turkiy tilli davlatlar hamkorligi Kengaşini tuziş töğrisidagi Bitim” imzolagan.
Bitimga asosan Turkiy kengaş xalqaro hukumatlararo taşkilot hisoblanadi, uning maqsad va vazifalari esa turkiy tillar mamlakatlari örtasida özaro işonç, döstlik va yaqin qöşniçilikni mustahkamlaş, mintaqada, umuman dunyoda tinçlikni qöllab-quvvatlaş hamda xavfsizlikni ta'minlaşga qaratilgan.
Qayd etilişiça, Özbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşida iştiroki uşbu taşkilotning a'zo-davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, huquq-tartibot, tabiatni muhofaza qiliş, madaniy, ilmiy-texnikaviy, ta'lim, energetika, transport, kredit-moliya va özaro manfaatli boşqa sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirişga kömak körsatadi.
Bundan taşqari, mazkur tuzilmaga a'zo böliş savdo va investitsiyalar uçun qulay şaroitlar yaratiş, tovarlar, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanişini bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş maqsadida bojxona va tranzit tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda bank va moliyaviy operatsiyalarni yengillaştiriş imkonini berişi aytiladi.
“Eng muhimi, Turkiy kengaş doirasida Markaziy Osiyo davlatlari örtasida özaro hurmat, döstona va yaxşi qöşniçilik aloqalarni mustahkamlaşga yönaltirilgan Özbekistonning hozirgi oçiq, konstruktiv va amaliy taşqi siyosatini ilgari surişda qöşimça omil bölib xizmat qiladi”, - deydi Alişer Kurmanov.

















