Mamlakatimizda köpgina sohalar kabi oliy ta'lim tizimi ham jiddiy isloh qilinmoqda. Hozirgi kunda oliy ta'limga e'tibor har qaçongidan ham kuçaydi. Innovatsion fikrlaydigan talaba yoşlarni tarbiyalaş borgan sayin muhim strategik vazifaga aylanmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi "Adolat" SDP fraksiyasi a'zosi Qodir Jörayev.

Oliy ta'lim muassasalari va ularga qabul qilinuvçi talabalar soni tobora oşmoqda. Ayniqsa, qabul kvotalarining salkam ikki baravarga (2015 yildagi 58 mingdan 2019 yilda 102 minggaça) oşirilişi oliy ma'lumotli böliş ilinjidagi yoşlarning xohiş–istaklarini röyobga çiqarişda muhim qadam böldi. Bu kabi son özgarişlari, öz navbatida, kelgusida sifat özgarişlari uçun qulay zamin yaratmoqda.
Bir söz bilan aytganda, tizimda eskilik sarqitlarini bartaraf etişga qaratilgan köpdan–köp islohotlar amalga oşirilmoqda, deydi deputat.
Ammo, uning sözlariga köra, bugungi şiddatkor zamonda bularning özi yetarli emasligini tizimda hali–hanuz qator muammolar saqlanib qolayotgani ham körsatib turibdi. Töğri, uşbu bir qism muammolarning yeçimi OTMning moddiy ta'minoti, ya'ni moliyaviy resurslar bilan izohlanadi. Biroq aksariyat muammolar va ularning yeçimi inson omiliga boğliq bölib qolayotganligi taajjublidir.
Endi bugungi kunda tizimda hal etilmagan asosiy muammolar xususida. Aksariyat professor–öqituvçilarning faoliyati bugungi kun talablariga javob bermaydi, ularning aksariyati öz ustida işlamaydi va qotib qolgan. Professor–öqituvçilar uçun taşkil qilingan malaka oşiriş kurslari samarasiz va ularda dars berayotgan professura saviyasi past. Öz nomi bilan qayta tayyorlov kurslari bölsa-da, ulardan ötgan professor–öqituvçilar bilim darajasi deyarli özgarmayapti.
Qator OTMda korrupsiya va tamagirlik holatlari hamon saqlanib qolmoqda. Kiriş imtihonlarida (ayniqsa, ijodiy imtihonlar, xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan öqişni köçiriş uçun ötkaziladigan imtihonlarda) taniş–bilişçilik, korrupsiya va tamagirlik holatlari közga taşlanmoqda. Aksariyat OTMda jamoatçilik nazorati örnatilmagan, OTM qoşidagi Jamoatçilik kengaşlari nomigagina tuzilgan va amalda faoliyat yuritmaydi.
Yana bir dolzarb masala – magistraturaning hamon eski tizimda qolayotganligi, ijobiy özgarişlarning deyarli yöqligi, magistraturaga kiriş imtihonlari bilan Davlat test markazi emas, balki OTMning özi şuğullanayotganligi va şu bois, turli qallobliklar, korrupsiogen holatlarning saqlanib qolayotganidir.
















