"Roskosmos" rahbari Dmitriy Rogozin Turkiyaga Boyqönğir kosmodromidan Rossiya va Qozoğiston bilan birgalikda foydalanişni taklif qildi.

"Roskosmos" Turkiya öz kosmik qurilmalarini olib çiqişi uçun raketalarini taqdim etişga tayyor. Buni Turkiya hududida amalga oşiriş ham şart emas. Biz uçta davlat uçun loyiha qilişimiz va Boyqönğir infrastrukturasidan foydalanişimiz mumkin", - dedi u.

Uning aytişiça, bu loyiha iştirokçilari Turkiya, Rossiya va Qozoğiston bölişi mumkin.

"Bu yaxşi istiqbol deb öylayman", - dedi u.

Avvalroq BAA Rossiya va Qozoğiston bilan birgalikda kosmodrom start maydonçasini modernizatsiya qilişda iştirok etişga rozilik bildirgani xabar qilingandi.