Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda oltin qazib olayotgan ikki kishini tosh bosib qoldi
2019 yil 17 sentabr kuni soat taxminan 18:30larda uch nafar fuqaro Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zaxirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda ularni tog‘ toshi bosib qolgan. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, bir nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026