Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Jan Todt bilan uchrashdi. O‘zbekiston YHX bo‘yicha BMT asosiy konvensiyalariga qo‘shilishi mumkin
2019 yil 18 sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili Jan Todt bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari, shuningdek bu sohadagi hamkorlik qilish, shu jumladan O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha BMT asosiy konvensiyalariga qo‘shilishi va ularni amalga oshirishi istiqbollari muhokama etildi.

Tomonlar qayd etganlaridek, O‘zbekiston BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha to‘rtta konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu konvensiyalar mamlakatning ishonchli normativ-huquqiy bazasini va yo‘l harakati xavfsizligining kompleks milliy tizimlarini yaratishda o‘z samaradorligini isbotladi.

Shu munosabat bilan BMT bosh kotibining Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekiston hukumatini yo‘l harakati xavfsizligi ko‘rsatkichlarini yaxshilashda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi, shuningdek O‘zbekistonni BMTning bu sohadagi yana bir qator asosiy konvensiyalariga qo‘shilishga va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishiga chaqirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bu sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026