Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahar yölovçi taşiş transporti taşkilotlarini moliyaviy soğlomlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Toşkent şahar hokimligi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Özbekiston temir yöllari” AJ va "Toşşahartransxizmat” AJning çeklangan tariflar böyiça yölovçi taşiş hisobidan yuzaga kelgan zararlarni qoplaş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi:

“Toşşahartransxizmat” AJ avtobus saroylarining - 2018 yil IV çoragi va 2019 yil I çoragi böyiça 38 715 700 ming söm;

"Toşkent metropoliteni” UKning - 2018 yil va 2019 yil 1 çoragi böyiça 9 011 000 ming söm.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toşkent şahar hokimligi:

a) “Toşşahartransxizmat” AJ avtobus saroylarida 2018 yil IV çoragi va 2019 yil I çoragi böyiça 38 715 700 ming söm miqdoridagi zararni quyidagi qöşimça manbalar:

27 771 650 ming söm - Özbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan;

10 944 050 ming söm - Toşket şahar mahalliy budjeti hisobidan;

b) “Toşkent metropoliteni” UKning 2018 yil va 2019 yil 1 çoragi böyiça 9 011 000 ming söm miqdoridagi zararni Özbekiston Respublikasining respublika budjetining daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplaydi.

“Toşşahartransxizmat” AJ “Toşşahartransxizmat” AJ avtobus saroylarining 2018 yil IV çoragi va 2019 yil I çoragi böyiça zararlarni qoplaş uçun ajratilayotgan 38 715 700 ming söm miqdoridagi mablağlar yetkazib beriladigan dizel yoqilğisi uçun “Özbekneftegaz” AJ taşkilotlariga yönaltirilişini ta'minlaydi.

“Toşkent metropoliteni” UK 2018 yil va 2019 yil I çoragi böyiça zararlarni qoplaş uçun ajratilayotgan 9 011 000 ming söm miqdoridagi mablağlar iste'mol qilingan elektr energiyasi uçun qarzdorlikni qoplaşga yönaltirilişini ta'minlaydi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toşkent şahar hokimligi va “Özbekiston temir yöllari” AJ Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan birgalikda “Toşşahartransxizmat” AJ va “Toşkent metropoliteni” UKni moliyaviy soğlomlaştiriş va ularning zararlarini kamaytiriş böyiça amaliy çoralar köriş töğrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.