Rossiyaning Yekaterinburg şahri mezbonlik qilayotgan boks böyiça jahon çempionatining öninçi kun bahslarida keçki dasturdan örin olgan janglar bölib ötmoqda.

Özbekistonning yana bir vakili turnir yarim finaliga çiqdi.

-81 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Dilşod Rözmetov bu bosqiçda ozarboyjonlik Loren Alfonso Domingesga qarşi bahs olib bordi. Uç raund natijalariga köra, hakamlar Özbekiston vakilini ğolib deb topişdi.

Şu tariqa, Özbekiston boks terma jamoasining yarim finalga çiqqan vakillari soni 4 nafarga yetdi.

Bungaça Şahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Bobo Usmon Baturov (-69 kg) yarim final yöllanmasini qölga kiritgandi.

Özbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili, +91 kg vazn toifasidagi Bahodir Jalolov ham bugun yarim final uçun jang qiladi.

+91 kg: Bahodir Jalolov – Riçard Torres (AQŞ) (B ring, boşlaniş vaqti – 20:45).