Kun.uz tahririyati Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi hamda uning faoliyati, bugungi kunda mazkur sohada olib borilayotgan işlar, vujudga kelayotgan dolzarb masalalar va ularning yeçimlariga oid bir qator savollarga javob oliş maqsadida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddinxöja Şaripov bilan suhbat uyuştirdi.

Qömita raisi suhbat davomida bugungi kunda kommunal tölovlarda noreal qarzdorlikning vujudga kelişi va bu borada qömita tomonidan olib borilayotgan işlar xususida öz munosabatini bildirib ötdi.

«Notöğri qarzdorlik böyiça judayam köplab murojaatlar kelib tuşadi. Bular içidan eng köpi issiqlik energiyasi sohasida. Issiqlik energiyasi ta'minotçising ma'lum bir vazifalari bor. Ta'minotçi biriktirilgan inspektor bilan birgalikda har bir xonadonga borib, hisoblagiçni tekşirib, akt tuzgan holda öziga saqlab qöyişi kerak. Bundan taşqari xonadonlardagi hisoblagiçlar har 4 yilda qiyoslaşdan ötkaziladi. Ta'minotçining yana bir vazifasi şundan iboratki, har qiyoslaş ötkazilişidan 1 oy oldin «hisoblagiçingizni yeçib beramiz, borib hisoblatib kelasiz» deb iste'molçini ogohlantiriş kerak. Yoki bölmasa, ta'minotçi firmaning ma'lum tölov evaziga yeçib oliş, qiyoslaş, örnatiş xizmatlarini qilib beradigan xizmatlari bor. Lekin mana şu vazifalar ta'minotçi tomonidan bajarilmaydi. Har kvartalda bormaydi, akt tuzmaydi, qiyoslaş kerakligi töğrisida iste'molçini ogohlantirmaydi. Natijada 4-5 yil ötib ketadi.

Ikki xil hisoblaş bor. Agar iste'molçini aybi bilan hisoblagiç buzilgan bölsa, ötayotgan suv, gaz yoki elektr iste'molçini maksimal işlatişi natijasida qarzdorlik hisoblanadi. Agar öz vaqtida hisoblaşga olib ketadigan bölsa, oldingi 3 oydagi hisob-kitob qilinib, örtançasi olinadi va örtaça me'yorda tölanadi. Ular bölsa iste'molçini aybi bilan bölgan holatni oladida, 2-10 baravar qöşimça qarzdorlik qiladi. Hisoblagiç böyiça yuz ming söm tölaydigan narsasi bir millionga aylanib ketadi. Şundan söng inspektor orqali iste'molçiga qöliga qarzdorlik böyiça qoğozni berib ketişadi. Iste'molçi hisoblatişga borganda esa «siz qiyoslaşdan ötkazişingiz kerak edi» degan javobni oladi. Aslida iste'molçini 1 oy oldin ogohlantiriş vazifasini bajarmagan böladi. Agar ta'minotçi bir oy oldin ogohlantiriş berib, iste'molçi qilmagan taqdirda esa bu iste'molçini böynida bölar edi. Ana şunday vaziyatda biz örtaga tuşib, bu iste'molçini emas ta'minotçining vazifasi ekanligini tuşintiramiz» – dedi qömita raisi