Monopoliyalar har doim har qanday jamiyatda rivojlanishga va bozor iqtisodiyoti shakllanishiga to‘sqinlik qilib kelgan. Ular iste'molchilarni erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum etadi.

Monopolist o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotini sifatli qilib chiqarishga urinmaydi, chunki baribir uning mahsulotini sotib olishdan boshqa tanlov yo‘qligini biladi. Mahsulotga kam xarajat qilib qimmatroq sotish – har bir tadbirkorning istagi. Bu tabiiy. Ammo bu istak xalqning zarariga xizmat qilmasligi zarur, aksincha, mamlakat gullab-yashnashining omiliga aylanishi uchun raqobat kerak.

Shu sabab O‘zbekistonda raqobat muhitini rivojlantirish uchun prezidentning bir qator muhim farmon va qarorlari qabul qilindi. Ularda raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida chora-tadbirlar va siyosat uyg‘unligini, erkin va raqobatbardosh bozorni shakllantirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga bevosita Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi javobgar tashkilot sifatida belgilandi va 2019 yilda qayta tuzildi.

Ammo oxirgi paytlarda qo‘mitada amalga oshirilayotgan ishlar turli shubha va gumonlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, xodimlarning ommaviy ravishda o‘z lavozimlarini tark etishi.

Matbuot xizmati xodimlari to‘liq tarkibda ishdan ketgani haqida e'lon qilishdi, qo‘mita rasmiy saytida bir qancha bo‘lim va boshqarma boshliqlarining o‘rni vakantligidan ham ancha xodimlar ishdan ketganini sezish qiyin emas.

Bu ma'lumotlarni oxirgi olti oyda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi yuzasidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Vacancy.argos.uz saytida joylashtirilgan sakkizta e'lon ham tasdiqlaydi. Aprel oyida prezidentning «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida»gi