Antimonopol qömita paxta yoği narxlari keskin oşişi munosabati bilan kompleks örganiş natijalarini e'lon qildi.
Qömita xabariga köra, paxta yoği narxi kötarilişiga işlab çiqariş uçun asosiy xomaşyo bölgan texnik çigitning birja savdolaridagi boşlanğiç narxlari asossiz oşirib qöyilişi ham ta'sir etgan.
«2021 yil aprel oyi davomida 40 ta paxta-töqimaçilik klasteri tomonidan 1 tonna texnik çigit birja savdolariga 4—4,5 mln sömdan boşlanğiç narxlarda qöyilgan va birinçi çorakka nisbatan örtaça 38 foizga oşirilgan. Öz navbatida, boşlanğiç narxlar oşgani sababli ularning sotiliş narxlari ham oşgan va örtaça 4,5—5 mln söm atrofida şakllangan», — deyiladi qömita xabarida.
Ma'lum qilinişiça, birja savdolarida texnik çigitning boşlanğiç narxlarini kelişib, sun'iy oşiriş kabi holatlar mavjudligi hamda raqobat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgani yuzasidan 34 ta paxta-töqimaçilik klasteriga nisbatan iş qözğatilgan. Natijada, uşbu paxta-töqimaçilik klasterlariga birja savdolari orqali yuqori narxlarda sotilgan texnik çigit böyiça bitimlarni bekor qiliş hamda 1 tonna texnik çigit mahsulotini narx sun'iy oşirilgunga qadar real talab va taklif asosida şakllangan 2,5—3,2 mln söm boşlanğiç narxlarda birja savdolariga qöyiş yuzasidan tegişli qaror va körsatmalar berilgan.
Qömita körilgan çoralar natijasida joriy yil may oyining 10—12 kunlarida paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan boşlanğiç narxlar tuşirilib, sotiş narxlari örtaça 3,4 mln söm atrofida şakllanganini ma'lum qildi. Natijada çigitning boşlanğiç narxi 39 foizga, sotiş narxi esa 31 foizga pasaygan.
Şuningdek, qömita tomonidan sun'iy tanqislik yuzaga keltirilişi oldini oliş maqsadida birja savdolarida bir xaridor olişi mumkin bölgan kunlik maksimal hajm 3 tonna miqdorida belgilandi.
Avvalroq Aksilmonopoliya qömitasi paxta yoği narxlari oşiş sabablarini örganib, 34 ta klasterga nisbatan iş oçganini ma'lum qilgandi.
Şuningdek, ötgan yil yetiştirilgan paxta hosilidan olingan çigitni mamlakatdagi 14 ta klaster korxonasi birja savdolariga çiqarmagani xabar qilingandi
















