Navoiy viloyati, Konimex tumanida ekoturizm sohasini rivojlantiriş maqsadida yangi va zamonaviy loyiha asosidagi kompleks işga tuşdi.
Loyiha taşabbuskori Azamat Elmuradov tomonidan umumiy qiymati 12 mlrd sömdan ortiq mablağ evaziga bunyod etilgan mazkur ekoturizm markazi bir vaqtning özida ikki ming nafardan ortiq kişini öz bağriga oliş imkoniyatiga ega ekanligi bilan e'tiborga sazovor.

Mazkur turizm markazida özbek, qozoq, qoraqalpoq milliy taomlari tayyorlanadi. Şuningdek, öziga xos orolça bölib, bu yerda mahalliy va xorijlik turistlar özlari baliq tutib, pişirib iste'mol qilişlari mumkin.


Musiqali favvora, bolalar attraksionlari, qozoq millatiga xos öndan ortiq ötovlar, şifobaxş tuya suti, sport maydonçasi, madaniy hordiq uçun amfiteatr va qator zamonaviy qulay imkoniyatlar taşrif buyuruvçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda.



Ekoturizm kompleksining tantanali oçiliş marosimida viloyat hokimi K.Tursunov, korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda bir guruh xorijiy mehmonlar iştirok etdi.
Bardoşbek Samad öğli tayyorladi.

















