Statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 17 sentabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma'lum bo‘ldi.
Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 32 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (32 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti 34 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (34 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 000) so‘mdan kuzatildi.
Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.
Piyoz 1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 so‘m).
Sabzi 1 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan Chorsu dehqon universal bozori»da (1 500) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (6 000) so‘mdan kuzatildi.
Tuxum 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).
Guruch 5 700 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)
Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 700 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).
O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (1 l.)
O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (13 000) so‘mdan kuzatildi.
Shakar 4 850 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (4 850) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (6 500) so‘mdan kuzatildi.
Mavzuga oid
12:10
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024