Tojikistonda O‘zbekiston elchixonasi binolari kompleksi quriladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasining binolari kompleksini qurish va jihozlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Respublikasi hukumati O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasining binolari kompleksini qurish va jihozlash uchun Dushanbe shahrida joylashgan umumiy maydoni 1,2 gektardan iborat yer maydoni ajratgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasining elchixona binosi, fuqarolarni konsullik masalalari bo‘yicha qabul qilish uchun alohida bino, elchi uchun qarorgoh, nazorat-o‘tkazish punktlari, muhandislik-texnik blok, sport inshootlari, 6ta mashina uchun yopiq garaj, elchixona xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq avtoturar joy kabi obektlardan iborat binolari kompleksini qurish va jihozlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Kompleksni qurish va jihozlash doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi - buyurtmachi; “O‘zshaharsozlikLITI” DUK - bosh loyihachi tashkilot;
“Trest-12” AJ - bosh pudratchi tashkilot;
2022 yil 1 oktabr - foydalanishga topshirish muddati etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
sug‘urta tashkiloti bilan kompleksni qurish va jihozlashga jalb etiladigan shaxslar Tojikiston Respublikasi hududida bo‘lish davrida ularning hayoti va sog‘ligini sug‘urtalash shartnomasi hamda kompleksni qurish va jihozlash davrida qurilish xavflarini sug‘urtalash shartnomalari tuzilishini;
kompleksni loyihalashtirish, qurish va jihozlashga jalb etiladigan shaxslar Tojikiston Respublikasining vakolatli organlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va vaqtincha propiska qilinishini;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarga kompleksni qurish hamda jihozlash davomida safarbarlik ishlarini tashkil etishga ko‘maklashishni;
kompleksni qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta'minlaydi.
Bosh pudratchi tashkilotga Tojikiston Respublikasi banklarida hisobraqamlar ochish va ajratilgan mablag‘lar doirasida xorijiy valutani belgilangan tartibda xarid qilish hamda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, valuta mablag‘larini kompleksni qurish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash (Tojikiston Respublikasi hududida olinadigan yig‘imlar, soliqlar, to‘lovlar, shuningdek, tovarlar va xizmatlar) uchun keyinchalik ushbu hisobraqamlarga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotga valuta mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish bo‘yicha shaxsiy mas'uliyat yuklandi. Bunda kompleksni qurish va jihozlash ishlari yakunlangach, shuningdek, Tojikiston Respublikasi banklaridagi hisobraqamlar yopilgandan so‘ng bosh pudratchi tashkilot foydalanilmay qolgan valuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga qaytarish uchun buyurtmachiga qaytarib beradi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi

23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi

14:50 / 23.03.2025